XONOBOD "IT-SHAHARCHA"DA ILK BITIRUV TADBIRI!
2026-10-28 16:00:00 / Yangiliklar

Andijon viloyati, Xonobod shahridagi IT-shaharchada tahsil olayotgan 75 nafar o‘quvchi yoshlar IT kurslarini muvaffaqiyatli tamomladilar.
Shu munosabat bilan bitiruvchilar uchun tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga kurslarni muvaffaqiyatli yakunlaganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, o‘zining faolligi, intilishi va yuqori natijalari bilan ajralib turgan bitiruvchilarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
IT-shaharchaning asosiy maqsadi — yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari va chet tillari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni kelajakda munosib kasb egasi bo‘lishi uchun imkoniyat yaratishdir.
Barcha bitiruvchilarga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar va yorqin kelajak tilaymiz!








