21-OKTYABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI
2026-10-20 16:30:00 / Yangiliklar

Ona tilim — millatim faxri, ma’naviyatim timsoli!
O‘zbek tili — xalqimizning milliy o‘zligi, boy ma’naviy merosi va asrlar davomida shakllangan bebaho qadriyatidir. Ona tilimizni asrab-avaylash, uning nufuzini oshirish va kelajak avlodlarga sof holda yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida belgilanganidek, davlat tilimiz — o‘zbek tilidir. Shu bilan birga, mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analariga hurmat ko‘rsatish tamoyili ham mustahkamlangan.
Til bor ekan — millat barhayot, til qadrlangan yurtda ma’naviyat yuksaladi!
Barchangizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! Ona tilimizning ravnaqi, nufuzi va jozibasi yanada yuksalaversin!
Ona tilimiz — qalbimiz iftixori, milliy g‘ururimiz va kelajagimiz poydevoridir!
