Xonobod shahar hokimining fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-09-11 10:10:00 / Yangiliklar

Xonobod shahar hokimi tomonidan fuqarolar, xususan, ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar vakillari bilan navbatdagi qabul o‘tkazildi.
Muloqot davomida fuqarolarning imtiyozli kredit olish, ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, uy-joy hamda kadastr masalalariga oid murojaatlari tinglandi.
Har bir murojaat yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berilib, muammolarni joyida va amaliy yo‘l bilan hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Asosiy maqsad — fuqarolar murojaatini shunchaki tinglash emas, balki har bir masalaga aniq yechim topish va natijadorlikni ta’minlashdir.







