XONOBOD SHAHRIDA 5-“USTOZLAR MILLIY FORUMI” BO‘LIB O‘TDI.
2026-08-22 12:20:00 / Yangiliklar

Forum davomida Xonobod shahar hokimining o‘rinbosari hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i tomonidan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim sifatini yanada oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish hamda zamonaviy ta’lim yondashuvlarini amaliyotga keng joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbirda fidoyi va tashabbuskor ustozlarning mehnati e’tirof etilib, ta’lim sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.









