FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBORDA
2026-08-21 13:05:00 / Yangiliklar
Xonobod shahar hokimi tomonidan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan navbatdagi qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning ishga joylashish, ijtimoiy masalalar, infratuzilma va boshqa muammolari tinglandi.Har bir murojaat bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, muammolarni qonuniy va amaliy jihatdan hal etish boʻyicha choralari belgilandi.
Shuningdek, bir qator huquqiy murojaatlar shahar prokurori va ichki ishlar boʻlimi boshligʻi tomonidan nazoratga olinib, huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha fuqarolarning ham oʻz majburiyatlari borligi tushuntirib oʻtildi.
Fuqarolar murojaatlari e’tiborda — har bir murojaat ortida inson taqdiri va manfaatlari turibdi.



