Xonobod shahar hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-07-31 10:00:00 / Yangiliklar

Bugun Xonobod shahar hokimi Elyorbek Abdurahmonov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, kommunal xizmatlar hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.
Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni qonuniy hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi. Tezkor hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar joyida ijobiy yechim topdi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda amaliy yordam ko‘rsatish bunday qabullarning asosiy maqsadi hisoblanadi.



