Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i ishtirokida yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi
2026-07-30 13:55:00 / Yangiliklar

Xonobod shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i ishtirokida bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida yoshlarni qiynayotgan muammolar, ularning taklif va tashabbuslari tinglanib, bandlik, ta'lim, kasb-hunar egallash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Yakunda yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berilib, ularning murojaatlari bo‘yicha tegishli mas'ullarga zarur topshiriqlar berildi.



