Xonobod shahar prokurori I. Maxmudov bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
2026-07-30 13:50:00 / Yangiliklar

Xonobod shahar prokurori I. Maxmudov shahrimizdagi maktab va professional ta'lim muassasalarini tamomlagan bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi o'tkazdi.
Muloqot davomida yoshlarning bandligini ta'minlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash hamda qonunchilikda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida bitiruvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Prokuror yoshlarni yurt taraqqiyoti yo'lida faol, tashabbuskor va qonunga hurmat ruhida faoliyat yuritishga chaqirdi.




