Harbiy xizmatchilar oilalari holidan xabar olindi.
2026-07-28 20:50:00 / Yangiliklar

Harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning oila a'zolarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarini o'z vaqtida bartaraf etish maqsadida harbiy xizmatchilarning yashash xonadonlariga tashriflar amalga oshirildi.
Tashrif davomida harbiy xizmatchilar oilalarining yashash sharoiti o'rganilib, oilaviy muammolarini hal etish, xotin-qizlar va oila a'zolarining bandligini ta'minlash hamda ularga amaliy ko'mak ko'rsatish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuvda Andijon viloyati Xonobod shahar Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i O'g'iloy Xamdamova ishtirok etib, harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a'zolari bilan ochiq muloqot o'tkazdi. Suhbat davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalar tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar va amaliy choralar belgilandi.


