Xonobod yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-07-28 17:55:00 / Yangiliklar

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi a’zolari Xonobod shahrida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda ta’lim, bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda yoshlarni qiynayotgan ijtimoiy masalalar muhokama qilindi.
Muloqot davomida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, ularning aksariyati yuzasidan joyida yechimlar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.








