Respublika ishchi guruhining navbatdagi manzili — Kampirrovot mahallasi
2026-07-25 17:30:00 / Yangiliklar

Xonobod shahrida faoliyat olib borayotgan Respublika ishchi guruhining navbatdagi manzili Kampirrovot mahallasi bo‘ldi.
Tashrif davomida mahalla xodimlari faoliyati bilan yaqindan tanishilib, hududda aholi farovonligini oshirish, yoshlar bilan ishlash hamda mahallada olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida Farel baliq yetishtirish orqali daromad olayotgan oilalarga tashrif buyurdi. Shundan soʻng, Kampirrovot hududida joylashgan IT shaharcha faoliyati o‘rganilib, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy ta’lim imkoniyatlari va amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishildi.





