Xonobod shahar hokimi qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-07-25 12:15:00 / Yangiliklar

Xonobod shahar hokimi Elyorbek Abdurahmonov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, bandlik, kommunal xizmatlar, infratuzilma, ijtimoiy yordam hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.
Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning ayrimlari joyida ijobiy hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar yuzasidan mas'ul tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi





