Yosh Chempionga ehtirom ko‘rsatildi
2026-07-23 13:50:00 / Yangiliklar

Xonobod shahar hokimi tomonidan Osiyo chempionati g‘olibi, iste'dodli sportchi Muhammadrizo tantanali ravishda qabul qilinib, uning yuksak sportdagi muvaffaqiyatlari munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Andijon viloyati hokimining sportchining ota-onasi nomiga yo‘llagan tashakkurnomasi o‘qib eshittirildi.Unda farzandini Vatanga sadoqat, mehnatsevarlik va yuksak maqsadlar ruhida tarbiyalagani uchun ota-onasiga samimiy minnatdorlik bildirildi.
Tabrik yakunida chempion va uning ota-onasiga kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilanib, Xonobod shahri yoshlari uchun ibrat bo‘ladigan yutuqlari e'tirof etildi.



