XALQ DEPUTATLARI XONOBOD SHAHAR KENGASHIDA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
2026-07-23 10:05:00 / Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI XONOBOD SHAHAR KENGASHIDA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashida shahardagi tashkilot hamda organlarning 2026-yilning dastlabki 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari sarhisobiga bag‘ishlangan doimiy komissiyalarning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda shahar Kengashi deputatlari, doimiy komissiya a’zolari, ekspertlar guruhi a'zolar hamda tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari va mas'ul shaxslari ishtirok etdilar.
Kun tartibiga muvofiq, hisobot davrida aholi farovonligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Jumladan:
Shahar prokuraturasi hamda Ichki ishlar bo‘limi tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida 2026-yilning I yarim yilligida bajarilgan ishlar yuzasidan axborotlari tinglandi;
Soliq inspeksiyasi va Moliya bo‘limining mahalliylashtirish va mahalliy byudjet tushumlarini ko‘paytirish, ajratilgan mablag‘lardan maqsadi va samarali foydalanish hamda moddiy-moliyaviy intizomga rioya etilishi bo‘yicha hisobotlari muhokama qilindi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xonobod shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolarni aniqlash va ularni joyida hal etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Yig‘ilish davomida deputatlar va komissiya a’zolari tomonidan hisoboti tinglangan tashkilotlar faoliyatidagi yutuqlar bilan birga, yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar ham ko‘rsatib o‘tildi. Har bir soha bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifa hamda tavsiyalar berildi.
Soha rahbarlarining 6 oylik faoliyati yakunlari bo‘yicha bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, doimiy komissiyalarning tegishli qarorlari qabul qilindi. Shuningdek, ko‘rib chiqilgan masalalarni yakuniy qaror qabul qilish uchun Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish belgilandi.






