Chempionga ehtirom ko‘rsatildi
2026-07-22 21:00:00 / Yangiliklar

Chempionga ehtirom ko‘rsatildi
Xonobod shahri hokimi tomonidan Osiyo chempionati g‘olibi, iste'dodli sportchi Muhammadrizo tantanali ravishda qabul qilinib, uning yuksak sportdagi muvaffaqiyatlari munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, tadbir davomida Andijon viloyati hokimining sportchining ota-onasi nomiga yo‘llagan tashakkurnomasi o‘qib eshittirildi.Unda farzandini Vatanga sadoqat, mehnatsevarlik va yuksak maqsadlar ruhida tarbiyalagani uchun ota-onasiga samimiy minnatdorlik bildirildi.
Tadbir yakunida chempion va uning ota-onasiga kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilanib, Xonobod shahri yoshlari uchun ibrat bo‘ladigan yutuqlari e'tirof etildi.


