"Bosh prokuror kubogi” uchun sportning milliy kurash turi bo‘yicha shahar bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
2026-06-29 17:00:00 / Yangiliklar

“Bosh prokuror kubogi” uchun shahar bosqichi musobaqalari o‘tkazildi! 🇺🇿
📌 “Dolzarb 90 kun” loyihasi hamda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida yoshlar o‘rtasida “Bosh prokuror kubogi” uchun sportning milliy kurash turi bo‘yicha shahar bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
🤼♂️ Tuman, shaharlarda
turli sektor bosqichlaridan gʻolib boʻlib tashrif buyurgan yosh polvonlar o‘zaro kuch sinashib, milliy sportimizga bo‘lgan qiziqish va muhabbatlarini namoyon etdilar. Bahslar davomida ishtirokchilar kurashning asl qadriyatlari – mardlik, jasorat, halollik va raqibga hurmat tamoyillariga amal qilgan holda murosasiz bellashdilar.
🎉 Yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘z vazn toifalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.




