Xonobod shahrida fuqarolar murojaatlari qabuli bo‘lib o‘tmoqda
2026-06-13 09:00:00 / Yangiliklar

Xonobod shahrida fuqarolar murojaatlari qabuli bo‘lib o‘tmoqda
Bugun Xonobod shahrida fuqarolar murojaatlarini qabul qilish bo‘yicha navbatdagi qabul tashkil etildi. Qabul davomida aholi tomonidan uy-joy, kommunal xizmatlar, bandlik, tadbirkorlik hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanmoqda.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli topshiriqlar berilmoqda.
Fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida hal etish, aholining roziligini ta’minlash hamda davlat organlari bilan xalq o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash qabulning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Xalq dardi bilan yashash, murojaatlarga yechim topish — ustuvor vazifa.



