“Yoshlar daromadi — Yangi O‘zbekiston siyosatining amaliy natijasi”
2026-06-11 10:00:00 / Yangiliklar

“Yoshlar daromadi — Yangi O‘zbekiston siyosatining amaliy natijasi”
Bugungi kunda o‘z oilasiga daromad olib kirayotgan, tadbirkorlik va kasb-hunar orqali hayotda o‘z o‘rnini topayotgan yoshlar mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining amaliy samarasidir.
Xonobod shahar hokimi yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi yigit-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhim vazifa ekanligini ta’kidladi.
U yoshlarning biznes g‘oyalari va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlash hamda faoliyat boshlashi uchun munosib sharoit yaratib berish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatilishini bildirdi.
Muloqot davomida yoshlarning taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.




