"Ibratli Oila" tanlovi
2026-05-16 15:05:00 / Yangiliklar
15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Xonobod shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan “Ibratli oila” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.

15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Xonobod shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan “Ibratli oila” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.
Unda Xonobod shahar hokimi Elyorbek Abdurahmonov ishtirok etib, namunali va ahil oilalarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Tadbir davomida oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash hamda jamiyatda oila muqaddasligini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.





