Prezidentimizning PQ-1 sonli qarori ijrosi
2026-02-20 10:00:00 / Yangiliklar
Xonobod shahar hokimi, shahar prokurori,ichki ishlar boʻlimi boshligʻi tomonidan alohida taʼkidlab oʻtildiki, PQ–1-sonli qaror jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash hamda qonun ustuvorligini taʼminlashga qaratilgan muhim hujjat hisoblanadi. Shu bois mazkur qaror talablari asosida noqonuniy qurilishlarga barham berish, ularni qonuniy tartibga keltirish va profilaktik choralarni kuchaytirish masalasiga alohida urgʻu qaratildi.
Shuningdek, Xonobod shahar ishchi guruh aʼzolari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda manzilli oʻrganishlar olib borish, hujjatlarni tartibga keltirish hamda amaliy ishlarni jadallashtirish belgilab olindi.




