Hokim va yoshlar uchrashuvi
2026-02-19 16:00:00 / Yangiliklar
Xonobod shahar hokimi va yoshlar ishtirokida ochiq muloqot uchrashuvi oʻtkazildi.
Mazkur uchrashuvda Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi ham ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, taʼlim sifati hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni kamaytirish hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Yigʻilish yakunida 5 nafar yoshning doimiy bandligi taʼminlandi hamda ularni ish bilan taʼminlash boʻyicha aniq amaliy choralar belgilab olindi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha koʻrib chiqilib, masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi





