Fuqarolar qabuli
2026-01-16 08:00:00 / Yangiliklar
Xonobod shahar hokimiyati binosida joylashgan Xalq qabulxonasida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish bo‘yicha navbatdagi qabul tashkil etildi. Qabul davomida aholi tomonidan bildirilgan ijtimoiy, kommunal hamda boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat yuzasidan mutasaddi tashkilotlar vakillariga qonuniy tartibda choralar ko‘rish va ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.




