Prezidentimizning PQ 1- sonli qarori ijrosi
2026-01-21 16:00:00 / Yangiliklar
Xonobod shahar prokuraturasida Andijon viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari I.Babamuradov ishtirokida Prezidentimizning PQ–1-sonli qarori ijrosi yuzasidan shtab aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida PQ–1-sonli qaror bilan belgilangan vazifalar ijrosi, joylarda amalga oshirilayotgan ishlar, aniqlanayotgan muammo va kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi. Masʼul tashkilotlar va shtab aʼzolarining hisobotlari tinglanib, har bir yoʻnalish boʻyicha aniq topshiriqlar belgilab berildi.
Shuningdek, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini taʼminlash, aholi bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirish hamda qaror ijrosini soʻzsiz taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Uchrashuv yakunida masʼullarga ijro intizomini kuchaytirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish yuzasidan tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.



