Hokimiyat haqida

Xiva shahri hokimligi — Xorazm viloyatining tarixiy va zamonaviy shaharlardan biri bo‘lgan Xiva shahridagi davlat hokimiyatining ijroiya organidir. Hokimlik o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq amalga oshiradi.
Xiva shahar hokimligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-
Shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
-
Aholining turmush sifati va darajasini oshirish, infratuzilma, taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va turizm sohalarini rivojlantirish;
-
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish;
-
Shahar hududida qonunchilik va davlat intizomini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish.
