Takroriy ekin qosh daromad keltirar!
2025-09-17 10:10:00 / Press-relizlar

Aholi sonining o‘sib borishi, qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan yer va suv resurslarining cheklanganligi, ayniqsa, koronavirus ofati vaziyatni yanada murakkablashtiryapti. Shu bois, yurtimizda imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va mahsulot eksportini rivojlantirish maqsadida g‘alladan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekin ekishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Bu bejiz emas, albatta. Chunki iqlim sharoitimiz bir yilda kamida ikki marta hosil olish imkonini beradi. Ya’ni, kuzgi g‘alla o‘rib olingandan keyin salqin kunlar boshlanguncha yana 3-4 oy davomida issiq harorat kuzatiladi. Bu esa sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari yetishtirish uchun ayni muddaodir. Oddiy qilib aytganda, shu qisqa vaqt ichida dehqon yo‘q joydan qo‘shimcha daromadga ega bo‘ladi.
Respublikamiz tuproq-iqlim sharoiti kuzda ekilgan boshoqli don ekinlari hosilidan bo‘shagan maydonlardan takroriy, ang‘iz, kuzgi oraliq ekinlarni ekib ikkinchi, uchinchi hosilni olishga imkon beradi. Ekinlardan bo‘shagan maydonlarga ikkinchi ekin sifatida o‘suv davri qisqa takroriy ekinlardan makkajo‘xori, tariq, soya, marjumak, mosh, loviya, yeryong‘oq, kungaboqar, kunjut, sabzavot ekinlaridan pomidor, qalampir, baqlajon, sabzi, sholg‘om, turp, kartoshka, karam va gulkaram, poliz ekinlaridan qovun, tarvuz, qovoq, bodring ekish mumkin. Viiloyatimizda sabzavot ekinlarini, suv tanqis mintaqalarda tezpishar navli ekinlarni ekish va yetishtirish o‘z samarasini beradi.
Shu bilan birgalikda takroriy ekin ekish orqali axoloimiz mavjud tomarqasidan ikki marotabadan daromad olish imkonini beradi. Shunday ekan takroriy ekin ekishni biz, xalqimizga ham oziq-ovqat ham daromad keltiruvchi omil xisoblab, tomarqalarimiz va ekin erlarimizdan unimli foydalanib takroriy ekinlarni o’z vaqtida ekkan xolda ham dasturxonimizni ham daromadimizni oshirsak bo’ladi.
Gulshan-2 MFY hokim yordamchisi - Raximov Izzatbek
