Xiva shahar hokimi T.I.Davletovning shaharni 2023-2025 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida
2025-09-15 14:55:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Assalomu - alaykum, hurmatli faollar va deputatlar!
Hurmatli Obid Arziqulovich!
Aziz majlis ishtirokchilari!
Hurmatli Prezidentimizning Xiva shahriga bo‘lgan yuksak etiborlari, yaratib berayotgan keng imkoniyatlari hamda shahrimizning barqaror rivojlanishi va obod bo‘lishi yo‘lida olib borayotgan islohotlari bugun har bir shahar aholisinining hayotida namoyon bo‘lmoqda.
Hurmatli Prezidentimizning 2023-2025 yillarda Xiva shahrini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, asosiy drayveri bo‘lgan turizmni jadal suratlarda ravnaq toptirish, turistlar oqimini keskin oshirish, shaharda infratuzilma obektlarini xususan, yo‘l, elektr, gaz, suv, aloqa hamda oqava suv tarmoqlarini qurish va tamirlash, mavjud ijtimoiy soha obektlaridagi muammolarini bartaraf qilish va yangilarini barpo qilish orqali quvvat va sifat darajasini oshirish borasida bergan topshiriqlariga muvofiq Hukumatning 12 ta yig‘ilish bayonlari va 4 ta qarorlari qabul qilindi.
Bugungi kunda bayon va qarorlarida belgilab berilgan topshiriq va vazifalarning ijrosi so‘zsiz taminlanmoqda.
Hurmatli faollar, shahrimizda keyingi uch yilda ijtimoiy soha va infratuzilmani yaxshilash maqsadlari uchun
10 tadan ortiq mahallalardagi 52 ta obektda 300 mlrd so‘mga yaqin qurilish va obodonlashtirish ishlari bajarilib, 95 ming nafardan ortiq aholining turmush sharoitlari yaxshilandi.
Birgina 2025 yilning o‘zida 145,0 mlrd. so‘m jumladan, Investisiya dasturi doirasida 131,6 mlrd so‘m, tashabbusli byudjet hisobidan 25,0 mlrd. so‘m ajratilib, 25 ta obektlarda qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Misol uchun, shaharning ijtimoiy-iqtisodiy vaziyati og‘ir bo‘lgan 2 ta xususan, Mevaston va Lolazor mahallalarda aholi kayfiyati bilan bog‘liq bo‘lgan, 7,1 km ichki yo‘llar, 2,3 km ichimlik suv tarmoqlari va 2,1 km oqova suv quvurlarini qurish uchun 8,2 mlrd so‘m mablag‘lar ajratilib, bugungi kunda ushbu mahallalarda qurilish tamirlash ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek shahar aholisiga madaniy xordiq chiqarishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida 17 ta favvoralar tashkil qilindi hamda 16,0 mlrd. so‘m xisobiga 160 o‘ringa ega zamonaviy “Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri” binosi yangidan qo‘rilib foydalanishga topshirildi.
Shu bilan birga Nurillabay madaniyat istiroxat bog‘i qayta rekonstruksiya qilinib zamonaviy bolalar attraksionlari olib kelinib ishga tushirildi.
Oxirgi uch yilda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida baxor, kuz mavsumlarida jami 711 ming 200 dona turli xildagi manzarali va mevali daraxt ko‘chatlar ekildi.
Dasturlari doirasida shaharning “Sangar” va “Yangi turmush” mahallalari hududida jami 2 gektar maydonda Yashil bog‘lar, “Qiyot” va “Yangi turmush” mahallalarida 3,2 gektar maydonda Yashil jamoat parklari tashkil qilinib, ushbu hududlarga jami 14 ming 660 tub ko‘chatlar ekildi.
“Yangi turmush” hamda “Kalta minor” mahallalarida
1,4 gektar maydonda hokimlik “Yashil bog‘lari” tashkil etilib, jami 2 ming 400 tub ko‘chatlar ekildi.
“Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida 2023-2025 yillarda "Ochiq byudjet" axborot portalida qariyb 80,0 ming nafar aholi ovoz berish jarayonida ishtirok etib, jami 54,0 mlrd.so‘mlik 57 ta loyihalar g‘olib deb topildi.
Jumladan; 37,0 mlrd. so‘mlik 40 ta loyihada talim muassasalari, 5,0 mlrd. so‘mlik 5 ta loyihada tibbiyot muassasalari, 2,4 mlrd. so‘mlik 2 ta loyihada sport muassasalari g‘olib deb topildi.
Natijada, mazkur obektlarni tamirlash va moddiy texnika bazalarini rivojlantirish tadbirlari amalga oshirildi.
Bundan tashqari, shahar ko‘chalarida 9.6 mlrd. so‘mlik
10 ta loyihada bruschatka yotkizish, piyodalar yo‘lakchalarini qurish va tamirlash, irrigasiya lotoklari yangidan qurish ishlari bajarildi.
2025 yil “Tashabbusli byudjet” dasturining 2 mavsumida 11.5 ming aholi ishtirok etib, jami 14 mlrd. 365 mln.so‘mlik 12 ta loyihalar g‘olib deb topildi.
Bugungi kunda, g‘olib loyihalarini manzilli ro‘yhatini shakllantirish hamda tegishli hisob raqam ochilishi yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
Hurmatli yig‘ilish qatnashchilari, Shu bilan birga, aholini uy-joy bilan taminlash maqsadida so‘nggi 3 yilda 34 ta ko‘p qavatli uy-joylarda
1000 ga yaqin xonadonlar qurilib, foydalanishga topshirildi. Joriy yil yakuniga qadar Qiyot mahallasida yana 60 xonadondan iborat 2 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
2023-2025 yillar davomida aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab quvvatlash maksadida 165 nafar fuqarolarga subsidiya asosida uy joy olish uchun ijobiy tavsiyanomalar berilib, davlat tomonidan 5,0 mlrd.so‘m uy joy subsidiya mablaglari va 49,0 mlrd so‘m ipoteka kreditlari ajratildi.
Joriy yilda 85 nafar fuqarolarga uy-joy subsidiya olishlari uchun ijobiy tavsiyanomalar berildi. Shundan bugungi kunga qadar 55 ta oila uy-joy bilan taminlanib
1,7 mlrd so‘m subsidiya mablaglari va 15,0 mlrd so‘m ipoteka kreditlari ajratildi. Yil yakuniga qadar yana 30 nafar fuqarolarga subsidiya asosida uy-joylar beriladi.
Ichimlik suv taminotini yaxshilash maqsadida keyingi yillarda 10 ta obektda 15,9 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari, 1 ta suv tarqatish inshootlari qurildi va rekonstruksiya qilindi.
Natijada, ichimlik suvi bilan taminlanish darajasi 2022 yildagi 95,1 foizdan bugungi kunda 97,5 foizga ortdi.
Evropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining 6,7 mln.dollar mablag‘lari xisobidan 20 km yangidan oqova suv tarmoqlarini qurish va 38 km mavjud oqova suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, 6 ta mavjud oqova suv xaydash inshootlarini rekonstruksiya qilish, 4 ta yangi oqova suv xaydash inshootlarini qurish ishlari amalga oshiriladi.
Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 145,7 mlrd. so‘m mablag‘lar hisobiga jami 89,1 km uzunlikdagi yo‘llar yangidan qurildi va 1 ta ko‘prik rekonstruksiya qilindi.
Hurmatli tadbir ishtirokchilari, Barchangizni habaringiz bor, shahrimizda amalga oshirilgan eng yirik loyihalardan biri bu - hurmatli Prezidentimizning tashabbuslari bilan “Mevaston” va “Gazchi” mahallalrini bog‘lovchi umumiy qiymati 90,3 mlrd.so‘mga teng bo‘lgan, uzunligi 450 metr va eni 18 metrni tashkil etuvchi zamonaviy er osti yo‘lidir.
Mazkur er osti yo‘lining qurilishi bilan 6 ta mahallalarda istiqomat qiluvchi 23,4 ming nafardan ortiq fuqarolar va tadbikorlik subektlariga 7,5 km uzunlikdagi masofa qisqarib, transport qatnovida qulaylik yaratildi.
Shuningdek, Xiva shahriga keluvchi mahalliy va xorijiy sayyohlarning xarakat xavfsizligi yaxshilandi.
2023-2025 yillar davomida xavfsizlikni taminlash maqsadida shahardagi chorraxalarga 16 ta sevetofor o‘rnatildi hamda 3,5 mlrd.so‘mlik 10,0 km piyodalar yo‘lakchasi qurildi.
Shu bilan birga shaharning Feruz ko‘chasida 200 mln.so‘m mablag‘ xisobiga 540 metr uzunlikda nogironlar ko‘chasi tashkil qilindi.
Oxirgi uch yilda mahallalarda 43,6 km elektr tarmoqlari,30 ta transformator punkti va 1100 tadan ortiq temir beton ustunlari yangidan qurildi va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. 135 km elektr tarmoqlari va 57 dona transformator puktlari mukammal tamirlandi, 270 km tarmoq va 115 ta transformator punktlarida joriy tamirlash ishlari bajarildi.
Natijada, 11000 mingdan ortiq xonadon va 670 ta ijtimoiy soha va ishlab chiqarish obektlari va boshqa ulgurji istemolchilarning elektr taminoti yaxshilandi.
Shu yil yakuniga kadar “Angarik” maxallasida joylashgan 110/10 kVli “Gilamchi” postansiyasi 4 mln AKSh dollari hisobiga tuliq rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha 10 000 kVt zahira imkoniyati yaratiladi.
Oxirgi uch yilda aholiga etkazib berilayotgan tabiiy gaz sifatini yanada yaxshilash maqsadida 9,4 km gaz quvurlari rekonstruksiya qilinib, 9 ta gaz taqsimlash qurilmalari mukammal tamirlandi.
Bundan tashqari, 753 ta gaz taqsimlash qurilmalarida taftish qilish ishlari bajarilib, jami 5 ming 196 ta aholi xonadonlari 3 bosqichli tizimdan 2 bosqichli tizimga o‘tkazildi.
Shuningdek, regulyator o‘rnatilishi natijasida zarurat bo‘lmagan 154 ta gaz taqsimlash punktlarida demontaj ishlari, 84,5 km er osti gaz quvurlarini maxsus priborlar yordamida tekshiriish ishlari olib borilib, 92,7 km quvurlarni bo‘yosh ishlari bajarildi.
Davlat dasturlari doirasida oxirgi uch yilda telekommunikasiya bog‘lamasi tomonidan jami 99,2 km optik tolali kabel tortildi.
Hurmatli faollar,
2024 yil yakuni bilan sanoat mahsulotlari 407,7 mlrd.so‘m 107,6 foizga, qishloq xo‘jaligi 92,9 mlrd.so‘m 100,1 foizga, qurilish ishlari 492,7 mlrd.so‘m 107,9 foizga hamda bozor xizmatlari 773,1 mlrd.so‘m 112,1 foizga teng bo‘ldi.
2025 yil yakuni bilan sanoat mahsulotlari 478,6 mlrd.so‘m 107,2 foizga, qishloq xo‘jaligi 121,3 mlrd.so‘m 102,6 foizga, qurilish ishlari 700,8 mlrd.so‘m 105,7 foizga hamda bozor xizmatlari 1 trln. 42 mlrd.so‘m yoki 115,8 foizga bajarilishi ko‘zda tutilgan.
2024 yil uchun shahar byudjetiga 71 mlrd. 752 mln.so‘m miqdorida prognoz belgilangan bo‘lib, amalda 82 mlrd. 664 mln.so‘m (115,2%) daromadlar tushirilib, 10.9 mlrd.so‘m ortig‘i bilan bajarildi.
2025 yil uchun shahar byudjetiga 89 mlrd. 700 mln so‘m miqdorida prognoz belgilangan bo‘lib, yanvar-avgust oylarida 67,6 mlrd.so‘m prognoz belgilangan, amalda 68,2 mlrd.so‘m daromadlar tushirilib, reja ijrosi
101,0 foizga bajarildi.
O‘tgan uch yilda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun tijorat banklari tomonidan jami 650,0 mlrd.so‘m miqdordagi kredit mablag‘lari 4 ming 476 ta tadbirkorlik subektlariga ajratildi.
Joriy yilda ham shahar bo‘yicha tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlash dasturlari doirasida o‘tgan yilga nisbatan ikki karra ko‘p yani 278,8 mlrd.so‘m kreditlar ajratilib, 3 ming 527 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Xususan,
- “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida 839 nafar fuqarolar va tadbikorlik subektlariga 18,3 mlrd.so‘m,
- “Biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida
489 nafar fuqarolarga 8,8 mlrd.so‘m,
- “Mahalla loyihasi” dasturi doirasida 515 nafar fuqarolarga 26,6 mlrd.so‘m,
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.09.2024 yildagi PQ-312-sonli qaroriga asosan 12,7 mlrd.so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilib, 2035 ta yangi ish o‘rinlari tashkil qilindi.
Shuningdek, “Sayxunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “G‘ijduvon” tajribalari asosida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida 2 ming 500 nafardan ortiq fuqarolarning bandligi taminlanib, yuqori daromad manbaiga ega bo‘ldilar.
Shu bilan birgalikda, mehnat bozoridagi tendensiya va o‘zgarishlar dinamikasini hisobga olgan holda, har yili o‘rtacha 4 ming 400 nafardan ortiq aholi bandligi taminlanmoqda.
Natijada, ishsizlik darajasi 2023 yildagi 9 foizdan 4,7 foizga, kambag‘allik darajasi esa 12,3 foizdan
5,0 foizgacha kamaytirildi.
Joriy yil yakuniga qadar 2,7 mingta yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun etarlicha imkoniyat va zaxiralarimiz mavjud, buning uchun barcha hisob-kitoblar qilingan.
Joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida 8 ming 97 nafar fuqarolar bandligi taminlandi (shundan, 3 ming 927 nafar aholi kambag‘allikdan chiqarildi).
2025 yil yakuni bilan ishsizlik darajasi 3,7 foizgacha, kambag‘allik darajasi 4,6 foizgacha kamayishiga erishiladi.
Bugungi kunda, 3 ming 233 nafar fuqarolar uzoq muddatga xorijiy davlatlarga ketgan.Shundan 1 ming 258 nafar migrasiyada yurgan fuqarolar vatanimizga qaytarilib, 1 ming 177 nafarining bandligi taminlandi. (94 %)
Yil yakuniga qadar yana 1 ming 200 nafardan ortiq fuqarolarni vatanimizga qaytarilishini taminlaymiz.
Shaharda ijtimoiy nafaqa va moddiy yordamlarning manzilliligi va samaradorligini taminlash borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida “Ijtimoiy himoya yagona reestri”da nafaqa oluvchi oilalar ulushi 2024 yil yanvar oyiga nisbatan 20,3 foizdan 7,02 foizga tushishiga erishildi.
Nafaqa oluvchi oilalar soni o‘tgan 2024 yil boshiga nisbatan 5 ming 441 dan - 1 ming 949 taga kamaydi,
1,6 mlrd.so‘mlik samarasiz xarajatlar qisqartirildi.
Hozirda shaharda 1 ming 949 ta oila (jami oilalarning 7,02 foizi) kam taminlangan oila sifatida nafaqa olib keladi va ularga har oyda nafaqa to‘lovlari uchun 911,0 mln.so‘m mablag‘ sarflanmoqda.
Joriy yil yanvar-mart oylarida nafaqa olayotgan oilalarni moddiy ahvoli “mahalla ettiligi” tomonidan joyiga chiqib, qayta o‘rganilishi natijasida iqtisodiy holati yaxshilangan 132 ta oilalarning nafaqa to‘lovlari to‘xtatildi.
Hozirda shaharda 3481 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar mavjud bo‘lib, shundan, joriy yil yanvar-avgust oylarida 194 nafarini bandligi taminlandi va 303 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga reablitasiya va protez-ortapediya mahsulotlari etkazib berildi.
V. Investisiya va eksport masalalari to‘g‘risida
Hurmatli faollar,
Keyingi uch yilda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida jami qiymati 3,2 trln.so‘m bo‘lgan 255 ta loyihani ishga tushirish hisobiga 3 600 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Xususan, “GOLDEN SANDS KHIVA” masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qiymati 6,0 mln.dollarlik 100 o‘rinli mehmonxona va 200 o‘rinli restoran tashkil qilinib 50 ta yangi ishchi o‘rni yaratildi.
“XIVA XUMONUR” masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qiymati 10,0 mln. dollar miqdordagi investisiyalar jalb qilinishi hisobiga “Supermarket” tashkil qilinib 120 ta yangi ishchi o‘rni yaratildi.
Shu bilan birga, “Xiva qala” MChJ tomonidan 20 mlrd so‘mlik loyiha doirasida evropa andozalari asosida Restoran qurilib ishga tushirildi. Natijada, 65 ta yangi ishchi o‘rni yaratildi va shahrimiz yoshlari ish bilan taminlandi.
Shuningdek, 15 mlrd.so‘mlik loyiha doirasida “Safiya” shirinliklar markazi va “FEEDUP” tez tayyorlanadigan mahsulotlar kafe restoranlari tashkil qilinib, bularda ham yoshlarimiz uchun 45 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Ushbu kafe va restoran bugungi kunda chet ellik va mahalliy sayyohlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Joriy yil yakuniga qadar “KAZ DEVELOPMENT INVEST GROUP” MCHJ xorijiy korxonasi tomonidan 25,0 mln dollar miqdordagi investisiyalarni o‘zlashtirish hisobiga mexmonxona xizmati tashkil qilish loyihasi ishga tushiriladi. Natijada 200 ta yangi ish o‘rni yartiladi.
Keyingi uch yilda shahrimizda 106,7 mln.dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar o‘zlashtirildi, 44,1 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.
Eksport geografiyasiga 4 ta yangi davlat (Pokiston, Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni va Misr,) qo‘shildi va davlatlar soni 16 taga etkazildi.
Eksportga 7 ta yangi korxonalar jalb qilinib, 10 dan ortiq mahsulotlar (gilam, ip-kalava, tekstil, qishloq xo‘jalik maxsulotlari va qurilish materiallari) xalqaro bozorlarga chiqarildi.
2025 yil yakuni bilan 70 mln.dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar o‘zlashtiriladi va 18 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshiriladi.
VI. Turizm va xizmatlar sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida
Hurmatli Prezidentimiz tomonidan yaratib berilgan sharoitlari natijasida shaharning asosiy drayver sohasi bo‘lgan turizm va xizmatlar sohalariga rivojlanib, shaharga tashrif buyuruvchi xorijiy turistlar soni yildan yilga oshib bormoqda.
Birgina misol, 2022 yilda shaharga jami 1 mln 630 ming nafar sayyohlar tashrif buyurgan bo‘lib, shundan 137,5 ming nafari yani 8 foizi xorijiy turistlar bo‘lgan xolos (turizm xizmatlari eksporti 34,3 mln doll. bo‘lgan).
Joriy yilning hisobot davrida shaharga 4,0 mln nafar (6 barobar o‘sgan), shundan, 900 ming nafar xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi (20 %) (3,1 mln. nafar ichki turizm) hamda turizm xizmatlari eksporti 300 mln. dollarga etkazildi.
Shuningdek, 2022 yilda joylashtirish vositalari soni 130 ta (3 200 o‘rin)ni tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 208 taga (6 500 o‘rin) etkazildi, turistik tashkilotlar soni 27 tadan 62 taga etkazildi (2,5 barobar o‘sishga erishildi)
Malumot uchun, joriy yilning o‘zida 12 ta joylashtirish vositalari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, natijada 380 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Hurmatli faollar, turizm sohasiga etibor berilishi natijasida bugungi kunda Urganchga Rossiya, Turkiya, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Ozarbayjon kabi davlatlaridan xorijiy aviaqatnovlar hamda Toshkent shahri va Buxoro viloyatidan mahalliy aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi.
Hurmatli Prezidentimiz tashabbuslari bilan joriy yilda 1,2 trln.so‘m miqdordagi mablag‘lar hisobiga 24,5 gektar maydonda “Arda Xiva” turistik majmuasi tashkil qilindi va turistik marshrutga kiritildi. Natijada mazkur turistik kompleksda 2 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratildi.
Malumot uchun: Majmuada 8 ta mehmonxona (1200 o‘rinli), 12 ta oilaviy mehmon uylari (120 o‘rinli), 2 000 kishilik ochiq va yopiq akvapark va attraksionlar, 30 ta savdo do‘konlari va 100 ta rastalar, 3 000 o‘rinli amfiteatr, 11 ta hunarmandlar uyi, 2000 o‘rinli avtoturargoh, 1 ta sharq bozori majmuasi (200 ta savdo rastasi, 40 ta do‘kon), 5 ta kino va konsert zallari, 9 ta restoran, 1 ta tarixiy muzey, 1 ta musiqali favvora, sayr uchun 4 km sohil bo‘yi, suv mototurizmi (skuter va katamaronlar), ko‘rgazmalar pavilioni va zargarlik markazi mavjud.
Shu bilan birgalikda, Xiva shahar “Arda Xiva” turistik majmuasidan “Ichan-qala”gacha bo‘lgan hududda qiymati
16 mlrd. so‘m bo‘lgan 7 km uzunlikdagi “Soyali sayr ko‘chalari” tashkil qilinadi.
Hurmatli deputatlar va faollar, Xiva tumani hududidan Xiva shahriga o‘tkazilayotgan 3 400 gektarda “Sahro yulduzi” turistik majmuasi quriladi.
Bunda, turizm rivojlangan shaharlardan tajribali mutaxassislar jalb etilib, zamonaviy mehmonxonalar, ko‘ngilochar markazlar, safari tur xizmati, gastronomik va savdo ko‘chalari, muzeylar, ekouylar, yozgi lager va ekstremal turizm obektlaridan iborat loyiha konsepsiyasi (qurilish loyihasini) ishlab chiqilmoqda.
Shuningdek, Xiva shahrida “To‘rt shovvoz” madaniy meros obektiga tutash hududdagi 6,2 gektar er maydonida loyiha qiymati 460 mlrd.so‘m bo‘lgan Hunarmandchilik markazi tashkil qilish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur obektning barpo qilinishi natijasida
1800 nafar ish o‘rinlari tashkil qilinadi.
Xiva shahrining “Shixlar” mahallasi “Deshon qala” atrofida qiymati 70 mln dollar bo‘lgan zamonaviy “Yakka parson” turizm majmuasi ko‘ngilochar va savdo markazlari barpo etiladi.
Malumot uchun, ushbu majmuada 6 ta mehmonxona (800 o‘rinli), 8 ta restoran (1000 o‘rinli), 3 ta biznes markaz, kinoteatr, mini konsert zali hamda 10 tadan ortiq mahalliy va xorijiy brendlar xizmat ko‘rsatish obektlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Loyiha natijasida 100 ortiq turizm xizmatlar yo‘lga qo‘yilib, yiliga 5 mlnga yaqin turist jalb etiladi, 1300 ta ish o‘rni yaratiladi.
Shahardagi 12 ta madaniy meros obektlarini zamonaviy turistik maskanlarga aylantirish bo‘yicha kompleks loyiha takliflari ishlab chiqildi.
Loyihalar doirasida mazkur obektlarda milliy memoriy uslubni saqlagan holda mehmonxona va restoranlar, zamonaviy muzeylar, suvenir hamda hunarmandchilik do‘konlari, savdo va turli xizmat ko‘rsatish nuqtalarini tashkil etish, shu orqali mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun keng imkoniyatlar yaratish ko‘zda tutilgan.
Xiva shahar hokimligi hamda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining shahar va tuman bo‘linmalari shahar tashqarisida qulay sharoitga ega bo‘lgan mamuriy binolarga ko‘chiriladi.
Ko‘chirilgandan so‘ng bo‘shaydigan bino va inshootlar turizm sohasidagi loyihalarni amalga oshirish sharti bilan elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.
Ularning o‘rnida mehmonxona, restoran va boshqa turistik xizmat ko‘rsatish obektlari tashkil etiladi.
Shuningdek, "Kalta minor" mahallasida etnopark tashkil etish natijasida hududda 8 ta zamonaviy mehmonxona
(600 o‘rinli), 6 ta restoran (800 o‘rinli), 2 ta biznes markaz, 10 tadan ortiq savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obektlari tashkil qilinadi, 200 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi, 10 ta turdagi xizmatlari tashkil etiladi hamda byudjetga qo‘shimcha 2,0 mlrd.so‘m soliq tushumi taminlanadi hamda byudjetga qo‘shimcha 2,0 mlrd.so‘m soliq tushumi taminlanadi.
Xiva shahar "Lolazor" mahallasida 14,6 ga er maydonida turizm yo‘nalishida 6 ta zamonaviy mehmonxona (800 o‘rinli), 4 ta restoran (350 o‘rinli), hunarmandchilik markazi, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obektlari ko‘ngil ochar maydonlar, aholi dam olish maskanlari tashkil tashkil qilinadi, natijada 200 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi hamda byudjetga qo‘shimcha 3,0 mlrd.so‘m soliq tushumi taminlanadi.
Xiva shahar “Sangar” mahallasi xududida 25 ga er maydonida "Dendrologiya bog‘i" tashkil qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, hududda xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun yo‘laklar va dam olish maskanlari, turli daraxt va butalar iborat kolleksiyalar hamda xizmat ko‘rsatish obektlari tashkil qilinadi 20 ta turdagi xizmatlari tashkil etiladi, 400 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi hamda byudjetga qo‘shimcha 5 mlrd.so‘m soliq tushumi taminlanadi.
Xiva shahar "Shixlar" mahallasi "Deshon qala" atrofida 960 metr maydonda "Alleya" tashkil etish 10 ta turdagi xizmatlari tashkil etiladi. Natijada, 100 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi hamda byudjetga qo‘shimcha 1,5 mlrd.so‘m soliq tushumi taminlanadi.
Xiva shahar "Qibla tozabog‘" mahallasi xududida joylashgan Qishloq xo‘jaligi texnikumiga qarashli karovsiz turgan 3 qavatli yotoqxona binosida zamonaviy mexmonxona, restoran va xorijiy va mahallliy sayyohlar dam olish maskanlari tashkil qilinishi natijasida 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi hamda byudjetga qo‘shimcha 1 mlrd.so‘m soliq tushumi taminlanadi.
Xiva shahar "Qibla tozabog‘" mahallasi, "Bolxavuz" ko‘chasida joylashgan "Islom xo‘ja yozgi qarorgoxi"da turizm maskani tashkil etilishi natijasida 2 ta zamonaviy mehmonxona (100 o‘rinli), 1 ta restoran (120 o‘rinli) tashkil qilinishi natijasida 25 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi hamda byudjetga qo‘shimcha 1 mlrd.so‘m soliq tushumi taminlanadi.
Xiva shahar "Qibla tozabog‘" mahallasi xududida joylashgan "Qibla tozabog‘" majmuasida 4 ta zamonaviy mehmonxona (200 o‘rinli), 3 ta restoran (280 o‘rinli) turizm maskani tashkil etilishi natijasida 2,0 mingta turistlar jalb etiladi, 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi hamda byudjetga qo‘shimcha 1,5 mlrd.so‘m soliq tushumi taminlanadi.
Hurmatli faollar, so‘ngi ikki yilda 24/7 faoliyat ko‘rsatadigan turizm ko‘chalri tashkil qilinib, 25 ta obektlar ishga tushirildi, 3 ta yirik mahalliy brend (Sofra, Fidap, Sofiya,) ostidagi umumiy ovqatlanish xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.
Bulardan tashqari, shopping va savdo do‘konlari, avikaassa shahobchalari, axborot markazlari, tijorat banklari va ularning mini filiallari, hunarmandchilik mahsulotlari savdo rastalari faoliyat yuritib kelmoqda.
Hurmatli faollar, shaharga turistlarni yanada keng jalb qilish va ularning bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazish maqsadida har yili yirik tadbirlarni o‘tkazib kelmoqdamiz.
Jumladan, joriy yilda “Baxshi” xalqaro sanat festivali, xalqaro “Strongmen” bahodirlar o‘yini, 8-10 avgust kunlari “Arda Xiva” turistik majmuasida ananaviy “Qovun sayli” xalqaro festivallari o‘tkazildi.
Birgina “Qovun sayli” festivaliga 1 mlndan ortiq sayyohlar, shundan, 72 ta davlatdan 210 ming xorijiy sayyohlar, 13 ta davlatning diplomatik korpus vakillari, 31 ta xorijiy yirik kompaniyalar vakillari, 22 ta xorijiy va 100 dan ortiq mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari hamda taniqli bloggerlar tashrifi buyurib, shu kunlari shahridagi barcha mehmonxona, yirik restoran va kafelar 100 foiz to‘liq quvvatda ishladi.
Yil yakuniga qadar yana 3 ta yirik xalqaro tadbirlarni o‘tkazishni rejalashtirganmiz.
Malumot uchun, 20-21-sentyabr kunlari “Xorazm xonlari milliy taomlari” xalqaro gastronomik festivali, 18-19-oktyabr kunlari “Gilamlar jilosi” nomi ostida xalqaro gilam ko‘rgazmasi, noyabr oyida xalqaro ziyorat turizm haftaligi tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Natijada 2022 yilda tashrif buyurgan turistlarning viloyatda o‘rtacha qolish muddati 1,5 kunni tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu ko‘rsatkich 2,5-3 kunga to‘g‘ri kelmoqda.
Turizm sektoridagi rivojlanish Xiva shahrida xizmatlar sohasining kengayishi va ish o‘rinlari yaratilishi bilan birga, sanoat, qishloq xo‘jaligi va qurilish tarmoqlariga ham ijobiy tasir ko‘rsatib, hududiy iqtisodiyotning barqaror o‘sishiga xizmat qiladi.
Joriy yil yakuniga qadar turizm sohasida ishlar davom qildirilib, shaharga jalb etiladigan xorijiy turistlar soni 1,5 mln nafardan, mahalliy turistlar soni 5 mln nafardan oshiriladi, turizm xizmatlari eksporti 400 mln dollarga etkaziladi.
VII. Ijtimoiy, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida
Hurmatli faollar, shahrimizda 86 maktabgacha talim tashkilotlari va 29 ta umumtalim maktablari faoliyat olib bormoqda.
So‘nggi 3 yilda yaratilgan shart-sharoitlar natijasida maktabgacha talimga qamrov darajasi 84 foizdan
105 foizga etkazildi.
Malumot uchun: 86 ta MTTlarning 16 tasi davlat,
9 tasi DXSh hamda 61 tasi oilaviy MMTlardir. 29 ta maktablarning 23 tasi umumtalim, 1 tasi Prezident,
1 tasi Ijod, 2 tasi ixtisoslashtirilgan hamda 2 tasi xususiy maktablar.
2023-2025-yillarda 450 o‘ringa ega 13 ta oilaviy hamda 150 o‘rinli 1 ta DXSh asosidagi MTTlar tashkil etildi.
2023-2025 yilllarda barcha dasturlar doirasida 2 ta yangi maktab 2 ta sport zal, 1 ta maktabga 330 o‘rinli ko‘shimcha bino qurildi 1 ta maktabgacha talim tashkiloti mukammal tamirdan chiqarildi. Buning hisobiga 1 ming 380 nafar o‘quvchi o‘rni yangidan tashkil qilindi.
Hurmatli faollar, shahardagi Davlat maktabgacha talim tashkiloti va umumiy o‘rta talim maktablarining foydalanilmasdan bo‘sh turgan 2,4 ga er maydonida 2025-2026 yillarda 9 ta tashabbuskorlar tomonidan DXSh asosida 3 ta maktabgacha talim tashkiloti va 6 ta nodavlat maktab tashkil qilinadi.
Bugungi kunda barchasida qurilish ishlari boshlab yuborildi, shundan 2025 yilda 3 ta maktabgacha talim tashkiloti va 6 ta nodavlat maktab talim tashkiloti ishga tushuriladi.
Ushbu loyihalar doirasida shaharda 1 ming 200 ta o‘quvchi o‘rni qurilishi natijasida 3 ta maktablarning koeffisientlari 1,2 ga tushiriladi hamda 250 ta ish o‘rni yaratiladi.
2025-2026 o‘quv yilida 1 ta Prezident, 1 ta ijod, 2 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarida
780 nafar iqtidorli o‘quvchilarimiz xalqaro standartlar talabiga mos ravishda tahsil olishmoqda.
Hurmatli Prezidentimizning qarorlariga asosan Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi Xiva shahridagi binosida to‘liq o‘z faoliyatini boshladi.
Hurmatli faollar keyingi uch yilda shahar mahalliy byudjetining orttirib bajarilgan 540 mln. so‘m mablag‘lari hisobidan quyidagi ishlar amalga oshirildi. Xususan:
140 mln. so‘m mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 1 ta “Jasorat maktabi”, 10 ta chaqiruvga qadar boshlang‘ich talimi sinflari tashkil etildi, kasbiy talim o‘qitiladigan maktablar (5, 18-maktab) soni 2 taga etkazildi, inklyuziv talim talablariga javob beradigan 1 ta namunali maktab va 6 ta kompyuter sinflari tashkil qilindi;
400 mln. so‘m mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan barcha maktablarda davlat ramzlari burchaklari, “Jaloliddin Manguberdi” va Shaxmat xonalari tashkil etildi;
Hurmatli Prezidentimizga katta rahmat, ajratib bergan 87 mln. so‘m mablag‘lari hisobiga shahardagi barcha maktablarimizda ichki hojatxonalar tamirlanib, o‘quvchilar uchun qulay sharoitlar yaratildi.
Hurmatli Prezidentimizning tashabbuslari bilan yo‘lga qo‘yilgan “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” dasturida 7-10 sinf o‘quvchilari orasidan imtihonlardan o‘tgan 348 nafar o‘quvchilar AYTI va ingliz tilidan bilim olmoqdalar.
Bundan tashqari, “Coursera” platformasi orqali bepul kurslarda joriy yilning 5 oyi davomida 8 ming nafar
7-11-sinf o‘quvchilar o‘qib, xalqaro AYTI sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar (so‘nggi 3 yil davomida viloyatda 1-o‘rin).
Shuningdek, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarida kasb o‘rganishlariga ko‘maklashish maqsadida 25 dan ortiq tadbirkorlar 25 ta maktablarga jalb etildi.
Natijada bugungi kunga kelib, 363 nafar o‘quvchi yoshlarimiz frilanserlik bilan shug‘ullanib, oyiga
1 mln.so‘mdan 5 mln.so‘mgacha, kasb-hunar o‘rganayotgan 621 nafar 9-11-sinf o‘quvchilaridan 81 nafari o‘qish bilan birga oyiga o‘rtacha 2 mln so‘m daromad topmoqda.
Joriy yilda maktab bitiruvchilarining 75 foizi
(2022 yilda 39,5 foiz) oliy talim dargohlariga qabul qilindi.
Sport tizimi bo‘yicha
Shahrimizda bugungi kunda 1 ta sport maktabi, 1 ta olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha maktab-internati mavjud.
Mazkur sport maktablarida 1456 nafardan ortiq muntazam shug‘ullanuvchilar 71 nafar trenerlar qo‘l ostida mashg‘ulotlarga jalb qilingan.
2023-2025 yillarda razryadli va unvonli sportchilar soni 211 nafarga ko‘payib, bugungi kunda 658 nafardan oshdi.
Jumladan, 3 nafar xalqaro toifadagi sport ustasi,
9 nafar sport ustasi va 646 nafar razryadli sportchilar tayyorlandi.
Sport klublari faoliyati kengayib, 23 ta umumtalim maktablarida 148 ta sport to‘garaklariga 12 800 nafardan ortiq o‘quvchilar qamrab olindi.
Shu bilan bir qatorda, “har 10 ta mahallaga 1 ta klub” tamoyili asosida 2 ta zamonaviy xususiy sport klublari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Joriy yilda milliy terma jamoa safiga 58 nafar (shundan, 24 nafar asosiy, 34 nafar zaxira) sportchilar jalb etildi.
Yaratib berilgan imkoniyatlar natijasida joriy yilda shahrimiz sportchilari tomonidan Respublika, Osiyo, Jahon chempionati va kubog musobaqalarida 165 ta (46 ta oltin, 59 ta kumush, 60 ta bronza) medallar qo‘lga kiritildi.
Eng quvonarlisi, o‘zbek sporti tarixida ilk bor ayollar kurashi sport turi bo‘yicha joriy yilning 1-4 avgust kunlari Gresiyaning Afina shahrida o‘tkazilgan Jahon chempionatida Shonazarova Shoxista Qahramon qizi 40 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Navbatdagi 2028 yil Los-Anjeles shahri (AQSh)da bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga shahrimiz sportchilarini kompleks tayyorlash bo‘yicha maxsus strategiya ishlab chiqilib, lisenziyalarni qo‘lga kiritish bo‘yicha sportning 16 ta turidan 27 nafar nomzod sportchilarning ro‘yxati shakllantirilib, asosiy sport bazalari biriktirib berildi.
Yoshlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar:
2023-2025 yillarda jami 1 704 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kitirilgan bo‘lib, barchasi 1704 nafari (100 foiz) yoshlar daftaridan chiqarildi.
Jumladan, 122 nafariga 161,0 mln.so‘m moddiy yordamlar, 423 nafariga 1 mlrd. 431,7 mln.so‘m kontrakt to‘lovlari, 41 nafariga haydovchilik guvohnomasi olishlari uchun 56,1 mln.so‘m, 9 nafariga turar-joy ijarasi uchun
20,8 mln.so‘m, 67 nafariga ilm-fan o‘qish harajatlari uchun 134,6 mln.so‘m, 23 nafariga davolanish uchun 234,0 mln.so‘m, 18 nafariga “Kelajak kasblari” loyihasiga o‘qitish uchun 42,4 mln.so‘m, 12 nafariga safarbarlik chaqiruvi rezervi badali uchun 84,6 mln.so‘m, 178 nafariga mehnat qurollari uchun 1 mlrd 16,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratilib,
488 nafariga boshqa yo‘nalishlarda yordamlar ko‘rsatilib yoshlar daftaridan chiqarildi.
Oila va xotin-qizlar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar:
Shaharda jami 50 402 nafar xotin-qizlar istiqomat qilib, so‘ngi uch yilda ishsiz, norasmiy band hamda ishlash istagidagi 16 ming 700 dan ortiq xotin-qizlarimizning turli sohalarda bandligi taminlandi.
Qiziqish va kasbiy mahoratini inobatga olgan holda 7 mingdan ortiq xotin-qizlar turli yo‘nalishlar bo‘yicha kasb-hunar asoslariga o‘qitildi.
Tadbirkorlik faoliyatini boshlagan hamda ushbu faoliyat turini yanada kengaytirish istagidagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes g‘oya va loyihalarini amalga oshirish maqsadida 4 mingdan ortiq xotin-qizlarga tijorat banklari tomonidan 132 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi.
Natijada shaharda tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 ming taga etkazildi.
2025 yilning 8 oyi davomida yangi tashkil etilgan investisiya loyihalari orqali 2463 nafar xotin-qizning bandligi taminlandi.
Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha daromad manbalari yaratish maqsadida 4241 nafar xotin-qizlar qamrab olindi,
1624 nafar xotin-qizlarga umumiy hajmi 44 mlrd 581 mln so‘m bo‘lgan imtiyozli kreditlar ajratildi. Jumladan:
998 nafar xotin-qizlarga 23 mlrd 173 mln so‘m — tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida;
440 nafar xotin-qizlarga 9 mlrd 14 mln so‘m — oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida ajratildi.
400 tadan ortiq xotin-qizlar yashash manzilida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash faoliyatini yo‘lga qo‘yishi hisobiga 1 300 nafardan ortiq xotin-qizlarning bandligi taminlandi.
Birgina misol, Kalta minor mahallasida F.Axmedova va Gulshan 2 mahallasida migrasiyadan qaytgan Sh.Rajabova tomonidan pazandachilik, yarim tayyor mahsulotlar o‘quv markazi tashkil etish orqali 500 nafardan ortiq ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatdi. Bugungi kunda ushbu xotin-qizlar o‘rtacha 3,5-4 mln. so‘mlik daromadga ega bo‘ldi.
Xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashlari, o‘z bandligini taminlash, xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish maqsadida Xiva shahrida 1000 ta hunarmand loyixasi doirasida tadbirlar, seminar treninglar o‘tkazilib, joriy yilning
8 oylik yakunida 1863 nafar xotin-qizlar kasb-xunarga o‘qitildi va 4241 nafar xotin-qizlarning bandligi taminlandi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Ayollar daftari” tizimi orqali o‘tgan 3 yil davomida 8 ming 799 nafar extiyojmand xotin-qizlarning 3 mlrd. 888 mln. so‘mlik turli ijtimoiy-maishiy muammolari hal etildi va manzilli yordamlar ko‘rsatildi.
Jumladan, o‘tgan uch yil davomida aynan daftarga kirgan 5 ming 346 nafar xotin-qizlar doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi, 2 ming 775 nafar xotin-qizlarga moddiy yordam pullari orqali qo‘llab-quvvatlandi.
Bundan tashqari, yashash sharoiti og‘ir 33 nafar ayollarga tadbirkor homiylar ko‘magida uy-joylar bilan taminlandi.
Davlat mablag‘lari hisobidan 89 nafar xotin-qizlarning uy-joyi tamirlandi. 74 nafar xotin-qizlarni uy-joy ijara kompensasiya pullari qoplab berildi. Tibbiy yordamga muhtoj 47 nafar xotin-qizlarning murakkab jarrohlik amaliyotlari hamda dori-darmonlar bilan taminlanib, mablag‘lar qoplab berildi.
Xususan:
2025 yilda “Ayollar daftari”da 2960 nafar oilaviy sharoiti og‘ir ehtiyojmand xotin-qizlar ro‘yxatlari shakllantirilgan.
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda talim va sog‘liqni saqlash sohalarida belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 iyundagi “Oliy talim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi 402-sonli qaroriga asosan joriy yilda jami
41 nafar xotin-qizlarga tavsiyanomalar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 iyundagi “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy talim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi 322-sonli qaroriga ko‘ra 2025 yilda jami
10 nafar xotin-qizlarga tavsiyanomalar berildi.
Oliy talim muassasalarida tahsil olayotgan
30 yoshdan oshgan ayollarning 34 nafariga shartnoma asosidagi o‘qish to‘lovlari to‘liq qoplab berildi;
Har bir mahallada xotin-qizlar siyosatini izchil yo‘lga qo‘yish maqsadida 16 ta mahalla hududida “Xotin-qizlar bandligini taminlash va salomatligini mustahkamlash markaz”lari tashkil etildi.
Mazkur markazlarda 173 nafar xotin-qizlarning bandligi taminlashga erishildi.
Joylarda oilalarni qo‘llab-quvvatlashda yangicha yondashuv asosida har bir shaharda “Oila va xotin-qizlar maskanlari”ning faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Shaharda "Oila va xotin-qizlar maskani"ning faoliyati yo‘lga qo‘yilishi — jamiyatimizda xotin-qizlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan yana bir muhim qadam bo‘ldi.
Ushbu maskanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatlar tashkil etilgan:
Tadbirkorlik xonalari – ayollarni biznesga jalb qilish, o‘z ishini boshlashda amaliy yordam berish maqsadida.
Psixolog va yurist maslahat xonasi – turli muammolarni hal qilish, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish.
Ona va bola xonasi – ona-bola salomatligi, tarbiyasi va farovonligiga qaratilgan.
Tibbiyot xonasi – ayollar va bolalarga tibbiy ko‘rik, maslahat va profilaktik xizmatlar.
Kasb-xunarga o‘qitish xonalari – xotin-qizlarni turli kasblarga o‘qitish, qayta tayyorlash va mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish.
Sog‘lomlashtirish xonalari – ayollar salomatligini tiklash, jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash xonalari – bo‘lajak ota-onalarga turmush qurishga tayyorgarlik, oilaviy munosabatlar haqida bilim va ko‘nikmalar berish: xonalari tashkil qilingan.
Bunday maskanlar mahallada ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, ayollar faolligini oshirish va oila mustahkamligini taminlashda katta ahamiyatga ega.
Maskanda oilaviy ajrimlarni oldini olish, notinch-nizoli oilalar bilan manzilli ishlash borasida hamkor tashkilotlar, oila va xotin-qizlar bo‘limi, Mahalla uyushmasi, Nuroniylar jamg‘armasi va jamoatchilik azolari oqila ayollar harakati, “Buvijonlar maktabi” hamda otinoyilar bilan birgalikda shahardagi oilalarni faravonligi yo‘lida ish olib bormoqda.
Farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan 17 ta oilalar “Ibratli oila” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.
Samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan, joylarda manaviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan 6 nafar xotin-qizlar “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tashkil etilgan “Yil ayoli” milliy tanlovi va “Gender tenglik faoli” milliy ko‘rik-tanlovlarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritildi.
-2024 yilda “Yil ayoli” ko‘rik tanlovida Otajanova Dilnoza Ravshanbekovna “O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli” nominatsiyasining viloyat bosqischida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, diplom va qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlandi va tanlovning Respublika bosqichida ham qatnashib, “O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lib qaytdi.
So‘nggi yillarda gender tenglikni taminlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo‘yicha ishlar bir necha yo‘nalishlarda olib borilmoqda.
Shunga asosan, 2023 yilda Xiva shahrida “SAG” gilamlari korxonasi 70% ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni ish bilan band qilib, “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va Respublika bosqichida faxrli 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2024 yilda Xiva shahridagi “Farovon” mehmonxonasi “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va Respublika bosqichida faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Jinoyatchilik bo‘yicha
Hurmatli tadbir qatnashchilari!
Bugun murojaat va hisobotimizda takidlab o‘tganimizdek, shahrimizda kelgusi yilda xalqimizning turmush tarzini yanada yaxshilash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tashkil etishda, xar bir rahbarning masuliyatini oshirib hurmatli Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarning to‘liq ijrosini taminlash choralarini ko‘rib boramiz.
ETIBORINGIZ UChUN RAHMAT.
