Xiva shahrida xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi
2025-09-10 16:50:00 / Yangiliklar

Xiva shahrida xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi
Xiva shahrida xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘quv seminar tashkil etildi. Tadbirda shahar va tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollar ishtirok etib, o‘z tajribalarini o‘rtoqlashdilar.
Seminarda “BAHOR” brendi asoschisi shahardagi tadbirkor ayollar bilan uchrashib, ularning kelajakdagi maqsadlari, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha yaratmoqchi bo‘lgan va allaqachon ishlab chiqqan brend logotiplari hamda biznes rejalari yuzasidan suhbat olib bordi.
Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Kutlimuratova Nigora Masharipovna, shuningdek, Xiva shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Munojat Yuvbasarova ishtirok etib, tadbirkor ayollarga ko‘maklashish, ularning biznes tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Mazkur seminar tadbirkor ayollarning bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlik faoliyatini keng targ‘ib qilishga xizmat qildi.









