Xivada “Mahalla Yettiligi” A’zolari Uchun O‘quv Seminari O‘tkazildi
2025-07-23 13:25:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Pensiya jamg‘armasi vakillari tomonidan Xiva shahrida “Mahalla yettiligi” a’zolari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

Xivada “Mahalla Yettiligi” A’zolari Uchun O‘quv Seminari O‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Pensiya jamg‘armasi vakillari tomonidan Xiva shahrida “Mahalla yettiligi” a’zolari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar davomida Farmonda ko‘rsatilgan ustuvor yo‘nalishlar, ularni hayotga tatbiq etishdagi amaliy choralar, mahallalarda ijtimoiy himoya tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, amaliy masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar va yo‘nalishlar berildi.






