“Mening Mahallam – Mening Faxrim” Shiori Ostida Madaniy Birdamlik Sayli
2025-07-23 13:25:00 / Yangiliklar
Kecha Xiva shahar Nurullaboy istirohat bog‘ida “Mening mahallam – mening faxrim” shiori ostida keng ko‘lamli madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

“Mening Mahallam – Mening Faxrim” Shiori Ostida Madaniy Birdamlik Sayli
Kecha Xiva shahar Nurullaboy istirohat bog‘ida “Mening mahallam – mening faxrim” shiori ostida keng ko‘lamli madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda uch avlod vakillari, sportchilar, kitobxon yoshlar, bandlik markazi, tijorat banklari xodimlari hamda boshqa tashkilotlar faollari ishtirok etishdi. Musobaqalar, ijodiy chiqishlar, ma’rifiy suhbatlar va ko‘rgazmalar orqali haqiqiy madaniy birdamlik muhiti yaratildi.
Ushbu tadbir mahallalar o‘rtasidagi hamjihatlik, sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy faollikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.









