Urganchda Zamonaviy Boshqaruv va Byudjetlashtirish Bo‘yicha Seminar
2025-07-24 14:50:00 / Yangiliklar
23–24-iyul kunlari Urganch shahrida “Zamonaviy boshqaruv va byudjetlashtirish – farovon kelajak garovi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir UNICEF, BMTTD, “Yuksalish” harakati va SDC hamkorligida tashkil etildi.

Urganchda Zamonaviy Boshqaruv va Byudjetlashtirish Bo‘yicha Seminar
23–24-iyul kunlari Urganch shahrida “Zamonaviy boshqaruv va byudjetlashtirish – farovon kelajak garovi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir UNICEF, BMTTD, “Yuksalish” harakati va SDC hamkorligida tashkil etildi.
Unda viloyatdagi shahar va tuman vakillari, jumladan Xiva shahar hokim o‘rinbosarlari, deputatlar va jamoatchilik faollari ishtirok etdi. Trening davomida SMART maqsadlar, OpenBudget.uz platformasi, interaktiv rejalashtirish kabi ko‘nikmalar o‘rgatildi.
Ishtirokchilar inklyuziv ta’lim va pediatriya xizmatlarini yaxshilash yuzasidan harakat rejalari ishlab chiqdi. Seminar yakunida barcha qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi.






