Bugun Xiva Shahar Hokimi Temur Davletov Mevastan Mahallasida Fuqarolar Murojaatlari Yuzasidan Sayyor Qabul O‘tkazdi
2025-07-25 12:30:00 / Yangiliklar
Bugun, haftaning juma kuni, Xiva shahar hokimi Temur Davletov Mevastan mahallasida fuqarolar murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazdi.

Bugun Xiva Shahar Hokimi Temur Davletov Mevastan Mahallasida Fuqarolar Murojaatlari Yuzasidan Sayyor Qabul O‘tkazdi
Bugun, haftaning juma kuni, Xiva shahar hokimi Temur Davletov Mevastan mahallasida fuqarolar murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabul davomida uy-joy, subsidiya, bank krediti, moddiy yordam, ijtimoiy yordamlar, yo‘lsozlik va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha murojaatlar tinglandi.
Joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi, muayyan vaqt talab qiluvchi murojaatlarni esa ishchi guruhlar tuzib, ijro uchun mas’ullarga topshiriqlar berildi.






