PROKURORINING MUROJAATI
2025-05-13 13:45:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
XIVA SHAHAR PROKURORINING SHAHAR AHOLISIGA MUROJAATI
Аssalomu alaykum yigʼilish qatnashchilari!
2025 yil 1-choragida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilib, “Xavfsiz xudud”, “Nazorat”, “Tun”, “Turmush” va “Xonadon” va boshqa maxsus tezkor profilaktik tadbirlari oʼtkazildi.
Mahallalarda har bir oilaga kirilib, oiladagi muhit, yashash sharoiti, muammolari oʼrganilib, bartaraf qilish choralari koʼrilib, fuqarolarimiz ongida "Mening mahallamda jinoyat sodir boʼlmasligi kerak" degan tuygʼuni shakllantirish boʼyicha aniq manzilli profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 1-choragi davomida shaharda 35 ta jinoyat (13) sodir etilgan boʼlib, ushbu jinoyatlarning 8 tasi (23 foizi) oldi olinishi lozim boʼlgan, 16 tasi (46 foizi) aniqlanadigan, 11 tasi (31 foizi) axborot texnologiyalari yordamida sodir etilgan jinoyatlarni tashkil etdi.
Oldini olish mumkin boʼlgan jinoyatlar 100,0 foizga (4 tadan 8 taga) oshgan, shundan oʼgʼirlik(1/2), firibgarlik (0/2), bezorilik (0/1), aliment (0/1), oʼn olti yoshga toʼlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish (0/1)oshgan va oʼlim bilan bogʼliq boʼlgan YTH (1/1) teng xolatda saqlangan;
Mahalla hududida sodir etilgan oldini olish mumkin boʼlgan 47 turdagi jinoyatlar sodir etilmadi, 21 ta mahallalardan 2 tasi “qizil”, 2 tasi “sariq” va 17 tasi “yashil” toifaga kiritilgan.
Joriy yilning 3 yanvar kuni Prezidentimizning “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʼyicha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-1-son qarori ijrosi boʼyicha shaharda jinoyatlarni barvaqt oldini olish va xavfsiz muhitni yaratishga qaratilib, barcha taalluqli idoralarning jalb qilinib tizimli ishlar olib borilmoqda.
2024 yilda sodir etilishiga yoʼl qoʼyilgan jinoyatlar tahlil qilinib, kriminogen vaziyati ogʼir 5 ta mahallalarga nomma-nom viloyat-shahar kesimida rahbarlar biriktirilib, manzilli ishlar tashkil qilinishini toʼliq taʼminlab, ularda xavfsiz muhitni yaratish boʼyicha bor imkoniyatimizni ishga solmoqdamiz.
Mazkur qaror ijrosi boʼyicha mahallalardagi aholi gavjum joylar va koʼchalarga 88 dona, koʼp qavatli uylarning hovlilariga 7 dona PTZ, mahallalarning asosiy kirish-chiqish joylariga 2 dona, savdo markazlari va bozorlarga 3 dona, maktablarning kirish-chiqish joyiga 7 dona, ochiq sport maydonlarga 4 dona PTZ kameralar oʼrnatildi.
Koʼp qavatli uylarning eshiklariga 23 dona domofonlar oʼrnatildi, koʼp qavatli va yakka tartibdagi xonadonlarni 202 tasi Milliy gvardiya qoʼriqlash xizmati tomonidan texnik qoʼriqloviga olindi, koʼp qavatli uylarning kirish yoʼlaklari oldiga 6 ta tashvish tugmalari oʼrnatildi, savdo va maishiy xizmat koʼrsatish obʼektlaridan 30 tasi Milliy gvardiya qoʼriqlash xizmati tomonidan texnik qoʼriqloviga olindi, 14 ta “namunaviy xavfsiz koʼcha”, 36 ta “namunaviy xavfsiz yoʼlak”lar tashkil etildi.
Huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori boʼlgan 902 nafar shaxslar aniqlanib, “E-ijtimoiy profilaktika” elektron axborot tizimiga kiritilib, 578 nafari boʼyicha qoʼshma xulosalar qilinishi taʼminlandi.
: Internet ijtimoiy tarmoqlarda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish boʼyicha targʼibot ishlari davomida shaharda yashovchi 18 yoshdan katta boʼlgan 40 928 nafar mahalla aholisi, 418 nafar sogʼliqni saqlash, 2.258 nafar maktabgacha taʼlim, 1 500 nafar umumiy oʼrta taʼlim xodimlari hamda 995 ga yaqin boshqa idora tashkilot xodimlari oʼrtasida tashkil etilgan internetning “Telegram” guruhlarda, shuningdek shahardagi 8 ta LED monitor, 5 ta bank hamda 2 ta tibbiyot muassasalaridagi monitorlarda jinoyatlarni oldini olish borasidagi “videorolik” va targʼibot materiallari joylab borilmoqda.
Boʼlimda xizmat olib borayotgan 22 nafar profilaktika inspektorlari har xaftada oʼtkazilayotgan “Profilaktika kuni”da mahallalarda tashkil etilgan “Telegram” guruhlarda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish boʼyicha aholiga “videomurojaat” bilan chiqish tizimi yoʼlga qoʼyildi.
Jinoyatchilikni jilovlash va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish boʼyicha bozorlarda, jamoat joylarida, koʼngilochar maskanlarda va istirohat bogʼlarida jamoat tartibini va xavfsizligini saqlash maqsadida shaharda tun-u kun faoliyat olib boruvchi 2 ta avtopatrul va 2 ta piyoda patrul yoʼnalishlari faoliyati yoʼlga qoʼyildi.
Shuningdek, oʼgʼirlik jinoyatini barvaqt oldini olish maqsadida yashash xonadonlarini, savdo shaxobchalari va muassasa va tashkilotlarni qoʼriqlash pultiga ulash ishlari kuchaytirilib, 200 ta yakka tartibdagi xonadon, 87 ta muassasa va tashkilotlar markaziy qoʼriqlash pultiga ulanishi taʼminlandi.
Shaharda barcha mahallalarning kirish-chiqish joylariga, jamoat joylariga, davlat tashkilotlari binolarining kirish qismiga va boshqa odamlar koʼp toʼplanadigan joylarga intellektual kameralar (shaxsni yuzidan tanib oladigan va avtotransport raqamini aniqlaydigan) oʼrnatilishi va integratsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, Oʼzbekiston Respublikasi IIVda joriy yilning 14 fevral kuni oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida yoshlar masalasida berilgan topshiriqlarning ijrosi boʼyicha shahardagi 143 nafar yoshlar “otaliq”ga olinib, shahar ichki ishlar boʼlimining 14 nafar rahbar-xodimlariga nomma-nom biriktirilib, ular bilan uchrashuvlar oʼtkazildi hamda mavjud muammolarni hal etish maqsadida yoʼl xaritasi shakllantirilib, tizimli ishlar olib borilmoqda.
Voyaga yetmaganlar oʼrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiligini oldini olish maqsadida “Xavfsiz bolalik” Konsepsiyasi joriy etilib, shu asosida shahari transport vositalari serqatnov harakatlanadigan yoʼllarga yaqin masofada joylashgan 23 ta maktablar atrofida yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida tezlikni cheklash boʼyicha “yoʼl belgilari” hamda “sunʼiy notekslik”lar oʼrnatildi.
Shuningdek, shahardagi 23 ta umumtaʼlim maktablari oldidagi yoʼllarga piyodalar uchun koʼchma svetofor oʼrnatildi.
Kelgusida shaharda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish boʼyicha xamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʼlgan ishlar yanada kuchaytirish boʼyicha belgilandi.
1. Shaharda “ijtimoiy profilaktika” tizimi doirasida huquqbuzarlik sodir etishi yoki undan jabrlanishi mumkin boʼlgan shaxslar boʼyicha xulosalar tuzib, mahalla yettiligi tomonidan ijobiy xal qilish choralarini koʼrish.
2. Mazkur mahallalarda nafaqat jinoyat, balki huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni ham mahallaning oʼzida muhokama qilib borish.
3. Аlohida eʼtibor qaratilishi lozim boʼlgan sogʼliqni saqlash muassasalarining hisobida turgan giyohvandlar, spirtli ichimliklarga ruju qoʼygan shaxslar, notinch oilalar hamda ajrim yoqasiga kelgan oilalarni qayta oʼrganib, ularning muammolarini hal etish.
4. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish yoʼnalishida ichki ishlar boʼlimining maxsus hisobida turgan shaxslar, shu jumladan, jinoyat sodir qilinishi mumkin boʼlgan joylarda rejali reyd tadbirlarini oʼtkazib borish.
5. Fuqarolar tomonidan yashash xonadonlari, savdo doʼkonlari, koʼngilochar maskanlarni qoʼriqlash pulьtlariga ulash va tashvish tugmalarini oʼrnatish afzalligini tushuntirish ishlarini jadallashtirish
