Xivaga sayohat endi yanada qulay!
2026-09-03 14:20:00 / Yangiliklar
Endilikda “Urganch Aerovokzal – Xiva – Urganch Aerovokzal” yo‘nalishida zamonaviy tezyurar elektropoyezdi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Zamonaviy poyezd 6 ta vagondan iborat bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 415 nafar yo‘lovchini tashish imkoniyatiga ega. Poyezdning maksimal harakat tezligi 160 km/soatni tashkil etadi.
Sayyohlar uchun qulayliklar:
- har bir o‘rindiqda USB quvvatlantirish moslamalari;
- zamonaviy iqlim nazorati tizimi;
- nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilar uchun maxsus joylar.
7055-sonli poyezd | Urganch Aerovokzal → Xiva
Urganch Aerovokzal — 08:40
Urganch — 08:59–09:02
Xiva — 09:22
7058-sonli poyezd | Xiva → Urganch Aerovokzal
Xiva — 21:00
Urganch — 21:20–21:23
Urganch Aerovokzal — 21:42
Chipta narxlari:
Kattalar — 25 000 so‘m
Bolalar — 14 000 so‘m
Chiptalarni elektron tarzda xarid qilish mumkin: eticket.railway.uz








