“Qovun Sayli – 2026”: g‘oliblar tantanali taqdirlandi
2026-08-10 00:45:00 / Yangiliklar

Marosimda Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov ishtirok etib, festivalda faol qatnashgan g‘oliblarni munosib taqdirladi.
Festival g‘oliblari:
III o‘rin — Urganch davlat universiteti — Damas avtomobili;
III o‘rin — “UzAuto” Xorazm filiali — Damas avtomobili;
III o‘rin — Xorazm viloyati Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi boshqarmasi — Damas avtomobili;
II o‘rin — Xorazm viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi — Cobalt avtomobili;
I o‘rin — Yangiariq tumani hokimligi — Onix avtomobili;
GRAN-PRI — Xiva shahar hokimligi — BYD Champion avtomobili!
Xiva — Guinness World Records rekordchisi!
Festivalning eng tarixiy voqealaridan biri esa “Eng katta qovun degustatsiyasi” bo‘yicha jahon rekordining o‘rnatilgani bo‘ldi.
Guinness World Records tomonidan berilgan rasmiy sertifikatga ko‘ra, rekord 2026-yil 9-avgust kuni Xiva shahrida qayd etildi.
Rekordni tasdiqlash jarayonida Guinness World Records rasmiy hakami, Turkiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Sheyda Subashi Gemiji ishtirok etdi.









