Shahar hokimining o‘rinbosari fuqarolarni shaxsiy qabul qildi
2026-07-31 11:50:00 / Yangiliklar
Bugun Xiva shahar hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Munojat Yuvbosarova tomonidan fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy munosabatlar, bandlik, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, ta’lim hamda boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi.
Bildirilgan murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash va ularning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish maqsadida shaxsiy qabullar muntazam ravishda davom ettirilmoqda.

