Xiva shahar hokimining sayyor qabuli o‘tkazildi
2026-07-31 16:45:00 / Yangiliklar
Bugun Xiva shahar hokimi Temur Davletov tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Qabul davomida fuqarolarning uy-joy, bandlik, kommunal xizmatlar, ijtimoiy himoya, tadbirkorlik hamda boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi.
Bildirilgan murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar yuzasidan esa mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni amaliy hal etishga xizmat qilmoqda.









