Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash: Yangi Qonun nimalarni o‘zgartiradi?
2026-07-29 20:20:00 / Yangiliklar
Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan yangi Qonun bilan 3 ta Kodeks va 5 ta Qonunga muhim o‘zgartirishlar kiritildi. Endilikda korrupsiyaviy jinoyat sodir etganlarning elektron reyestri yuritiladi, "korrupsiyaga oid jinoyatlar"ning aniq ro‘yxati (18 ta) belgilandi hamda tashkilotlardagi komplaens-nazorat tizimi xodimlariga mustaqil va himoyalangan faoliyat yuritish kafolatlari berildi.

