Xiva shahar hokimi ishtirokida fuqarolar qabuli o'tkazildi
2026-07-07 14:25:00 / Yangiliklar
Bugun Xiva shahar Xalq qabulxonasida fuqarolar murojaatlarini ko'rib chiqish, mavjud muammolarni chuqur o'rganish va ularga amaliy yechim topish maqsadida Xiva shahar hokimi Temur Davletovning navbatdagi shaxsiy qabuli bo'lib o'tdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat mas'ul rahbarlar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish bo'yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Joyida hal etish imkoniyati mavjud bo'lgan masalalar qanoatlantirildi, qo'shimcha o'rganish talab etadigan murojaatlar yuzasidan esa mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat'iy nazoratga olindi.




