Xiva shahar hokimi o‘rinbosari fuqarolar murojaatlarini qabul qildi.
2026-07-03 12:25:00 / Yangiliklar
Xiva shahar hokimining o‘rinbosari Bekzod Vaisov tomonidan fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan kredit, bandlik, kadastr, uy-joy, tibbiyot, ta’lim hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar tinglandi va har bir murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning ayrimlari joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli idora va tashkilotlar mas’ullariga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi nazoratga olindi. Tashkil etilgan ushbu qabullar fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda davlat organlari va aholi o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.


