Fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi.
2026-07-03 14:10:00 / Yangiliklar

Qabul davomida fuqarolar tomonidan kredit, bandlik, tibbiyot, ta'lim, kadastr, uy-joy, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash hamda oilaviy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat amaldagi qonunchilik talablari asosida ko'rib chiqilib, fuqarolarga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi. Joyida hal etish imkoniyati mavjud bo'lgan masalalar yuzasidan amaliy choralar ko'rildi. Qo'shimcha o'rganishni talab etuvchi murojaatlar esa mas'ul idora va tashkilotlarga yo'naltirilib, ularning ijrosi yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, murojaatlarni vaqtida bartaraf etish hamda aholi bilan ochiq muloqotni ta'minlash ustuvor vazifalardan biri sifatida tizimli ravishda davom ettirilmoqda.


