Xiva shahar IIB boshligʼining murojaatnomasi
2026-06-24 21:30:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Qadrli Xiva shahri ahli!
Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, ularning salbiy oqibatlari haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
Bu illat nafaqat inson salomatligiga, balki oilalar osoyishtaligi va jamiyat barqarorligiga ham jiddiy zarar yetkazadi. Shu bois, barchamiz birgalikda giyohvandlikka qarshi murosasiz kurash olib borishimiz, ayniqsa yoshlarimizni bu balodan asrashimiz lozim.
Aziz ota-onalar!
Farzandlaringizning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil eting, ularning ta’lim-tarbiyasiga, sport va kasb-hunarga qiziqishiga alohida e’tibor qarating. Yoshlarimizning sog‘lom va barkamol voyaga yetishi — barchamizning eng muhim vazifamizdir.
