“Rahbar va yoshlar”: Xiva shahridagi iqtidorli o‘quvchilar va ularning ota-onalari munosib taqdirlandi
2026-06-11 17:05:00 / Yangiliklar

Xususan, uchrashuvda quyidagi yutuqlarga erishgan yoshlar ishtirok etdi:
Maktab darslarini a'lo baholarga o‘zlashtirib, tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotganlar, mahalliy va respublika fan olimpiadalarida yuksak natijalarni qayd etganlar, Xalqaro miqyosdagi bilim bellashuvlarida qatnashib, nufuzli xalqaro ta’lim maskanlariga talabalik yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan iqtidor egalari.
Muloqot davomida shahar rahbari yoshlarning erishayotgan bu kabi ulkan yutuqlari shahrimizning chinakam faxri ekanligini ta'kidladi. Ularning kelgusi o‘qish va izlanishlariga ulkan zafarlar tiladi. Tadbir yakunida o‘zining tinimsiz mehnati bilan yuksak marralarni zabt etgan iqtidorli yoshlar hamda shunday komil farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onalarga shahar hokimligining maxsus tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Sizlar bilan faxrlanamiz, kelajagimiz egalari! Ilm yo‘lidagi parvozingiz doimo baland bo‘lsin!








