Payshanba - yoshlar kuni: Xiva shahar hokimi iqtidorli sportchilar va chempion futbolchilar bilan uchrashdi
2026-06-11 15:55:00 / Yangiliklar

Unda shahar hokimi sportda yuksak marralarni zabt etib kelayotgan yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot qildi.
Suhbat davomida shahar rahbari yosh sportchilarimizning nufuzli musobaqalardagi ishtiroki hamda kelgusi maqsadlari haqida dildan fikr almashdi. Sport sohasida yuqori natijalarga erishgan va shahrimiz sha'nini munosib himoya qilib kelayotgan bir guruh sportchi yoshlarga hokimlikning maxsus tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, uchrashuvning yana bir quvonchli lahzasi sifatida shahar hokimi bir necha kun oldin futbol bo‘yicha Xorazm viloyati birinchiligi "Ikkinchi liga" musobaqasining 4-turida mehmonda "Yangibozor" jamoasi ustidan 5:0 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritgan "Xiva" futbol jamoasini ushbu ajoyib natija bilan qizg‘in tabrikladi. Ma'lumot o‘rnida ta'kidlash joizki, jamoa jipsligi va tinimsiz mehnatlar natijasida "Xiva" futbol klubi ketma-ket 5 yil davomida eng yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda.









