Xiva shahrida jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
2026-06-11 12:20:00 / Yangiliklar
Bugun Xiva shahar hokimligi majlislar zalida mahallalarda sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar holatini tahlil qilish, ularning kelib chiqish sabablarini o‘rganish hamda barvaqt oldini olishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda shahar hokimi, shahar prokurori, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, Davlat soliq inspeksiyasi rahbari, tegishli tashkilotlar mas’ullari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Muhokamalar davomida hududlarda qayd etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar tahlil qilinib, profilaktika ishlarining samaradorligini oshirish, mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlash hamda aholi, ayniqsa yoshlar bilan manzilli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilish yakunida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish va mas’ul tashkilotlar hamkorligini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.





