Xiva sportchilari nufuzli xalqaro musobaqada ishtirok etadi
2026-02-11 18:20:00 / Yangiliklar
Xiva shahar Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internati Karate WKF yo‘nalishi sportchilari O‘zbekiston terma jamoasi safida nufuzli xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun yo‘l oldi.

Joriy yilning 12–15-fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayrah shahrida o‘tkaziladigan, 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar Olimpiadasiga reyting ball taqdim etuvchi “Youth League” (Yoshlar ligasi) xalqaro turnirida yosh karatechilarimiz mamlakatimiz sharafini himoya qiladilar. Mazkur musobaqa jahon miqyosida yuqori nufuzga ega bo‘lib, unda to‘plangan reyting ballari sportchilarning yirik xalqaro musobaqalarga yo‘llanma olishida muhim ahamiyat kasb etadi. Xiva shahrining iqtidorli sportchilariga musobaqada omad, yuksak natijalar va yangi zafarlar tilaymiz.
