Tashabbusli budjet doirasida loyihalarni sherikchilik asosida birgalikda moliyalashtirish yuzasidan seminar-trening o'tkazildi.
2026-02-02 10:30:00 / Yangiliklar
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori bilan “Tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar yuzasidan loyihalarni sherikchilik asosida moliyalashtirish tartibi borasida mahalla raislari hamda bir guruh mahalla faollari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbir davomida joriy etilgan yangi amaliyot yuzasidan tushuntirish-targ'ibot ishlari olib borildi va seminar-trening ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.


