Xorazm viloyatida turizm sohasi vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
2026-01-30 19:55:00 / Yangiliklar
Unda Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov, Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari Botir Saidov, Xiva shahar hokimi Temur Davletov hamda tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida viloyatning turizm salohiyatini yanada oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, zamonaviy turizm infratuzilmasini rivojlantirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ichki va tashqi turizm oqimini ko‘paytirish, yangi turistik mahsulot va yo‘nalishlarni shakllantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Tadbirda soha vakillari o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etib, bildirilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.









