Rasmiy munosabat
2026-01-29 11:40:00 / Yangiliklar

Xiva shahri Qumyaska mahallasining G‘ofur G‘ulom va Sheroziy ko‘chalari hududida 2025-yil davomida 2,1 km masofada ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlari yotqizildi.
Ushbu ishlar aholining turmush sharoitlarini yaxshilash va muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini yangilashga qaratilgan.
2026-yilda mazkur hududning ichki xo‘jalik yo‘llariga asfalt-beton qoplamasi yotqizish ishlari tasdiqlangan manzilli dastur asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Hozirda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda. Ob-havo sharoitlari barqarorlashgach, yo‘l qoplamalarini tiklash ishlari bosqichma-bosqich boshlanadi.
Mazkur masala shahar hokimligi va tegishli idoralar tomonidan doimiy nazoratda. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun fuqarolardan uzr so‘raladi.






