Ustuvor vazifalar bo‘yicha o‘quv seminari
2026-01-24 16:55:00 / Yangiliklar
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llangan Murojaatnoma hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2026-yil 13-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, ularning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda viloyat hokimining o‘rinbosari Botir Saidov, shahar hokimi Temur Davletov hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Murojaatnomada belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, amalga oshirilayotgan islohotlarning strategik maqsadlari va mazkur muhim siyosiy hujjat oldimizga qo‘yayotgan vazifalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Murojaatnoma talablaridan kelib chiqib, joylarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.







