Xorazm viloyatida “Xavfsiz xonadon oyligi” doirasidagi targ‘ibot tadbirlari izchil davom etmoqda
2026-01-23 11:25:00 / Yangiliklar
Mazkur oylik doirasida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Xiva shahrida navbatdagi keng qamrovli profilaktik tadbirlarni tashkil etdi.

Tadbirlar davomida aholi o‘rtasida yong‘in va texnogen xavfsizlik qoidalariga rioya etish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda xonadonlarda xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Profilaktik tadbirlar aholining ogohligini oshirish va xavfsiz xonadon madaniyatini mustahkamlashga qaratildi.









